La Repubblica naşrining tergov olib borayotgan jurnalistlarga tayanib xabar berişiça, pullar maxfiy hisobraqamda saqlangan.

“Bu funtlar qayerdan kelib qoldi va nima uçun kerak? Nima uçun papada “maxfiy” hisobraqam bor va nega u funt sterlinglarda? Nahotki, papaga maoşni Britaniya qiroliçasi tölaydi?”, deb savol bilan yuzlangan jurnalist Marko Tosatti. 

Ta'kidlanişiça, uşbu voqea Londondagi köçmas mulk bitimi bilan boğlangan bölişi mumkin. Uşbu mojaroviy bitim oqibatida Rim papasining yaqin atrofiga kirgan kardinal Jovanni Anjyelo Beççiu 24 sentyabrda iste'foga çiqqandi. OAVda ta'kidlanişiça, bunday yuqori lavozimdagi şaxslarning Vatikanda iste'foga çiqişi kamdan-kam yuz beradi.  

Kardinalning ta'kidlaşiça, uning iste'foga ketişini Rim papasining özi söragan. Beççiuning aytişiça, u çerkovga tegişli pullarni öz ukalariga berişda gumon qilinmoqda. Biroq u bu ayblovlarni rad etgan. 

Kardinal Beççiu Londondagi mehmonxona qurilişiga çerkov pullarini investitsiya qilgani haqida ma'lumot paydo bölgandan keyin gumon ostiga tuşgan. Bu ma'lumot moliyaviy tergov boşlanişiga asos bölgan.