6 oktabr kuni agentlik tomonidan taşkil etilgan matbuot anjumanida taşkilot kelgusi rejalari va faoliyati yuzasidan jamoatçilikka axborot berildi. Unda agentlik direktori davlat xaridlari tizimida aniqlangan qonun buzilişiga töxtalib ötdi.
«Davlat xaridlari töğrisida»gi qonunning 43 moddasida elektron dökon tuşunçasiga izoh berilgan. Unga köra, elektron dökon maxsus talablar tatbiq etilmaydigan iste'mol tovarlarining va boşqa tovarlarning (işlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarini amalga oşiriş uçun möljallangan maxsus axborot portalidagi maxsus maydonçadir.
Akmal Burxonovning aytişiça, elektron dökonda davlat xaridlari bir yilda bir marta, davlat buyurtmasisiz, bazaviy hisoblaş miqdorining 2 ming 500 barobaridagi summadan köp bölmagan tovarlar uçun amalga oşiriladi.
«Uşbu çeklovlarga amal qilinmagani sababli, 2018-2019 yillar davomida va 2020 yilda beş oy davomida 278ta davlat taşkiloti tomonidan 100 milliard sömli bitimlar elektron dökon orqali tuzilib, çeklovlardan ortiqça xaridlar amalga oşirilgan. Qonunda elektron dökonda davlat xaridlari bir davlat buyurtmasi uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 25 barobaridan oşmaydigan miqdordagi işlar uçun amalga oşirilişi qayd etilgan. Lekin tekşiruvlar natijasida çeklangan miqdorda amal qilmasdan 176 milliard sömli bitimlar elektron dökonlar orqali tuzilib, çeklovdan ortiqça xizmatlar amalga oşirilgan. Yana boşqa birida 321 milliard sömli bitimlar qismlarga bölingan holda elektron dökon orqali xaridni amalga oşirgan. Ammo bularning birortasiga na ma'muriy yoki jinoiy javobgarlik bor», — deydi Burxonov.
Agentlik direktorining ta'kidlaşiça, bu böyiça ham hozir amaliy işlar boşlangan.
«Birinçi navbatda davlat xaridlari töğrisida qonun talablarini buzganlarga nisbatan javobgarlik çorasini belgilovçi normalarni kiritiş va umuman davlat xaridlarini oçiq va şaffof bölişini ta'minlovçi elektron-monitoring tizimni yaratiş ustida iş boşladik. Noqonuniy işlarning eng asosiy sababi — oçiqlikning yöqligida. Biz hozir masalaning içiga kirganimiz sari guvohi bölmoqdamizki, juda ham köp narsa qonundan taşqariga çiqib ketgan», — deydi u.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxonov «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritilişi haqida ma'lumot berdi. Agar vaziyat taqozo etsa, qonun yangi tahrirda qabul qilinişi ham mumkin.
Ma'lumot uçun, «Davlat xaridlari töğrisida»gi










