Ma'lum qilinişiça, Özbekistonda aholi yoğ-moy iste'molining 60 foizi içki işlab çiqarişdan qondirilayotgani, iste'molning 35-40 foiz çetdan, xususan, Rossiya Federatsiyasidan, qisman Qozoğistondan keladigan tayyor import moyi taşkil qiladi.

Tahlillarga köra, avgust oyida jahonda 1 tonna ösimlik moyi narxi 750-800 dollarni taşkil etgan. Sentabr oyi örtalarida esa 1 tonna ösimlik moyi narxi 875 dollarga teng bölgan.

«Buning birinçi sababi Rocsiyada ötgan yilga nisbatan bu yil kungaboqar uruği hosili 15-18 foizgaça kam. Ya'ni 2019 yilda qariyb 15 million tonnadan köp xomaşyo yetiştirilgan bölsa, bu yil 11,5 million tonna jamğariş rejalaştirilyapti. Ösimlik moyi tanqisligi faqat Özbekistonda emas, balki butun dunyoda narx oşişiga sabab bölyapti», dedi Ahror Abdurahimov oziq-ovqat mahsulotlarining bozordagi narxi tahliliga bağişlab AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida.

Qayd etilişiça, birjada paxta moyining bir tonnasi 9,5 million sömdan 11 milliongaça bölmoqda.

Rais örinbosarining ma'lum qilişiça, bugungi kunda Özbekistonda 40dan ortiq sohaga ixtisoslaşgan korxona mavjud bölib, hozirça ulardan 7-8tasi işga tuşgan.

«Qolgan korxonalar ham maksimal işlasa, mahsulot köpaygan sari narx tuşib boradi», dedi u.

Tadbir davomida 2020 yilda Özbekistonda qança ösimlik moyi işlab çiqarilişi rejalaştirilgani haqida ma'lumot berildi.

Ahror Abdurahimovning ma'lum qilişiça, sanitariya qoidalari me'yorlariga asosan kişi boşiga 1 yilda 9,1 kilogramm ösimlik moyi iste'moli belgilab berilgan.

Özbekistonda taxminan 320-330 ming tonna ösimlik moyi aholi iste'moli uçun yönaltiriladi. Qolgan qismi çuqur qayta işlanib, undan xomaşyoni yuvuvçi vositalar, sprey, sariyoğlar, paxta yoği işlab çiqariladi.

«Demak, şartli 9 oy davomida yanvar-sentabr oylarida respublika böyiça 181 ming tonna ösimlik moyi işlab çiqarildi. Aholi iste'molini tölaqonli qondiriş uçun 170 mingga yaqin tayyor ösimlik moyi importi amalga oşirildi.

Şu bilan birga, uyuşma tizimidagi korxonalar tomonidan aholining ösimlik moyiga bölgan talabini qondiriş maqsadida har bir hudud kesimida moyli ekinlarni yetiştiriş tizimi yölga qöyib kelinmoqda. Bu yil 6 ming gektar maydonda moyli ekinlar ekilib, ulardan 77 ming tonnadan ortiq hosil jamğariş rejalaştirilyapti», dedi Abdurahimov.