Sessiyada tuman rahbarlari kamçiliklar «yöl xaritasi» asosida bartaraf etilişini aytib, tuman ahli va deputatlardan keçirim söradi.
Şumanay tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş darajasini baholaşning reyting körsatkiçlari böyiça 12,36 ball jamğarib, «qoniqarsiz» deya baholangan.
2019 yil yakunlari böyiça tumanning «qoniqarsiz» darajaga tuşib qolişiga quyidagi omillar sabab bölgani bildirildi:
- Iqtisodiy rivojlaniş va samaradorlik körsatkiçlari böyiça aholi jon boşiga 1 mln 11 ming sömga töğri kelgan bölsa, bu körsatkiç Qoraqalpoğiston Respublikasi sanoatidagi uluşi 0,46 foizni taşkil etdi.
- Hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 2019 yilda 56 mlrd 541 mln sömni taşkil qilib, juda past körsatkiçni körsatgan.
- Tumanda aholi murojaatlari bilan işlaş körsatkiçi ham qoniqarsiz darajada ekanligi qayd etilgan. Ötgan 2019 yilda prezident portali, Xalq qabulxonasi va virtual qabulxonadan 32ta qayta murojaatlar kelib tuşib, ularning yeçimida kamçiliklar közga taşlangan.
Tuman hokimi Bahodir Yangibayevning ta'kidlaşiça, kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan bir qator işlar boşlab yuborilgan.

Jumladan, 2017–2019 yillarda amalga oşirilgan loyihalar 2020 yilga kelib özining dastlabki samarasini bermoqda. Xalq xöjaligi yönalişi böyiça ötgan 9 oy davomida 25 ta sanoat korxonalari yangidan taşkil qilingan. Şu kunga qadar tumanda umuman yirik korxonalar yöq bölsa, joriy yilning mart oyida «Şomanay eko teks» korxonasi tomonidan qiymati 20,9 mln dollarlik, quvvati 7300 tonna ip kalava işlab çiqariş loyihasi amalga oşirildi. Natijada 480ta doimiy iş haqi tölanadigan iş örni yaratildi. Ötgan davr mobaynida 80 mlrd sömlik (3,4 ming tonna) mahsulotlar işlab çiqarilib,2,1 mln dollarlik mahsulotlar Xitoy, Rossiya, Turkiya va Belarus davlatlariga eksport qilingan.

Bundan taşqari, joriy yil 3 avgust kuni «Liantay likrays» korxonasida 100 foiz xorijiy investorlar mablağlari hisobiga loyiha qiymati 1,2 mln AQŞ dollarlik qizilmiya ildizini qayta işlaşda yiliga 400 tonna SJA kukunini işlab çiqariş loyihasi işga tuşirildi va 60ta iş örni yaratildi. Korxonada şu kunga qadar 117 ming dollarlik mahsulot eksporti amalga oşirilgan. Yil yakuniga qadar 1,3 mln dollar qiymatdagi mahsulotlar eksportga çiqarilişi ta'minlanadi.












