Yerda 67 mln yil avval yaşagan tirannozavr skeleti auksionda 31,8 mln dollarga sotildi. Ta'kidlanişiça, bu qiymat uşbu turdagi auksion savdolari uçun yangi jahon rekordi hisoblanadi.
Dinozavr skeleti Çristie's auksion uyi orqali sotilgan.
“Çristie's’da yangi jahon rekordi örnatildi. Sten laqabli tirannozavr 31 mln 847 ming 500 dollarga sotildi”, deb ma'lum qilingan auksion uyida. E'tiborlisi, uşbu lot uçun 6-8 mln dollar qölga kiritiş kutilgan edi.
Xabarda ma'lum qilinişiça, sotilgan skelet tirannozavrlarning eng töliq va yaxşi saqlanib qolgan skeletlaridan biri bölib, unda 188 ta suyak bor. U 1987 yilda Janubiy Dakota ştatidagi qazilma işlari davomida havaskor paleontolog Sten Sekrison tomonidan topilgan. Dastlab skelet ötxör tritseratops dinozavriga tegişli deb taxmin qilingan va 1992 yildagina olimlar topilma tirannozavr skeleti ekani haqidagi xulosaga kelişgan.
Ekspertlarning baholaşiça, topilgan tirannozavr 7-8 tonna kelgan. Bu esa Afrika fili vaznidan deyarli 2 marta oğirroqni taşkil qiladi. Undagi tişlar uzunligi 27 smga yetgan.
Bungaça 1997 yilda örnatilgan rekord saqlanib kelinayotgandi. Öşanda tirannozavr skeleti Çikagodagi Fild tabiat muzeyiga auksionda 8,36 mln dollarga sotilgandi.











