AQŞ prezidenti Donald Tramp 15 oktyabrda Jo Bayden bilan bölib ötadigan ikkinçi teledebatda iştirok etiş niyatida ekanligini bildirdi.

"15 oktyabrda Mayamida böladigan debatni kutyapman. Bu gözal böladi!" – deb yozdi u özining Twitter sahifasida.

Bundan taşqari, Tramp özini juda yaxşi his qilayotganini yozdi.

Avvalroq Jo Bayden agarda şifokorlar xavfsiz deb hisoblaşsa, Tramp bilan debatga tayyor ekanligini aytgandi.

Donald Tramp ötgan juma kuni koronavirus taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgandi. U duşanba kuni şifoxonadan çiqib Oq uyga qaytdi.