Surxondaryoning Qumqörğon tumani hududidan ötuvçi, davlat ahamiyatidagi 4P-105 «Darband-Boysun-Elbayon» avtomobil yölining 76-kilometrida joylaşgan, uzunligi 66 pogonametr bölgan «Polvontoş» selgasi ustidagi köprikning oraliq tayanç ustunlari 1 metrga çökişi va ustki plitalari qulaşi natijasida köprik yaroqsiz holatga kelib qolgan.
Hozirda piyodalar va avtomaşinalar harakati çeklangan. Eng açinarlisi, 6,5 mlrd sömga kapital ta'mirlangan bu köprikning foydalanişga topşirilganiga endigina 1 yil-u 7 oy tölgan edi.
6,5 mlrd sömga kapital ta'mirlangan köprik heç qança vaqt ötmay 9,6 milliard sömga yana kapital ta'mirlanişi rejalaştirilmoqda.
«Arpa uni»ga aylangan karantin
Surxondaryo viloyat prokuraturasi uşbu hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Unda mazkur holat yuzasidan «Surxon quriliş nazorat ölçov» MÇJ va viloyat avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasi mutaxassislari tomonidan rasmiylaştirilgan dalolatnomaga köra, ötkazilgan nazorat ölçovida pudratçi korxona tomonidan qöşib yoziş holatlari aniqlanmagani, loyiha smeta hujjatlariga nisbatan bajarilmagan işlar xajmi 34 mln 491 ming 265 sömni taşkil qilişi va şartnoma şartlari pudratçi tomonidan töliq bajarilmagani aytiladi.
Bayonotning bu qismi tuşunarli, prokuratura aytmoqçiki, pullar töğri sarflangan, heç kim yeb-içib ketmagan. Lekin bayonotning boşqa bir qiziq qismi borki, kişi e'tiborini öziga tortmay qöymaydi.
«... omma örtasida koronavirus kasalligi tarqalib ketişini oldini oliş uçun karantin e'lon qilinib, şaxslar bilan muloqot qiliş vaqtinçalik töxtatilgani sababli har qanday tergov harakatlarini ötkazişning imkoni yöqligi, mazkur holatni oydinlaştiriş uçun boşqa şaxslardan va mutaxassislardan xulosa oliş imkoniyati mavjud bölmagan.
Şu sababli, 18.06.2020 yilda Termiz transport prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqida qaror qabul qilingan».













