CBS telekanali AQŞ moliya vazirligi hujjatlarini tahlil qilib, AQŞda 2020 moliyaviy yil boşlanişi - 1 oktyabrga kelib AQŞ davlat qarzi 27 trln dollardan oşganini aniqlagan. E'tiborlisi, Donald Tramp prezidentligi vaqtida uşbu qiymat 7 trln dollarga oşgan.
Telekanalning fikriça, AQŞ davlat qarzi pandemiyadan keyin iqtisodiyotni tiklaş uçun zarur böladigan çoralar sababli oşişda davom etadi. Ayni vaqtgaça AQŞ ma'muriyati iqtisodiyotni jonlantiriş uçun 6 trln dollardan köproq mablağ ajratgan.
Tramp 2016 yilgi saylov kampaniyasi vaqtida AQŞning ulkan davlat qarzi muammosini ikkita prezidentlik muddati davomida hal qilişga va'da bergan. U islohotlar va savdo kelişuvlarini qayta körib çiqiş evaziga AQŞga öz qarzini tölaşga imkon beradigan iqtisodiy ösiş yuz berişini aytgan.
Ta'kidlab ötiş joiz, avvalgi prezident Barak Obama vaqtida AQŞ davlat qarzi 9 trln dollardan köproqqa oşib, 20 trln dollarga yetgan.
Joriy yilda AQŞ yalpi içki mahsuloti 22 trln dollarga yetişi kutilmoqda. AQŞ kongressi budjet boşqarmasi xulosasiga köra, AQŞ davlat qarzi joriy yilda YaIM qiymatiga tenglaşadi. Vaholanki, 2019 yilda davlat qarzi YaIMning 79 foizini, 2007 yilda esa 35 foizini taşkil qilgan.
Budjet boşqarmasi 2021 yilda AQŞ davlat qarzi milliy YaIMdan oşişi, 2023 yilda esa uning 107 foizini taşkil qilişi mumkinligidan ogohlantirgan.












