Hujjatda Soliq kodeksiga jismoniy şaxslarning yer soliği böyiça imtiyozlari töğrisida özgartiriş kiritiş nazarda tutilgan. Soliq kodeksining 436 moddasida uşbu soliq imtiyozi berilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami toifalari keltirilgan. Endi Soliq kodeksining 436 moddasi birinçi qismining 5-bandi quyidagi yangi tahrirda bayon etilmoqda:
«5) boquvçisini yöqotgan köp bolali oilalar. Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan köp bolali oilalar soliq soliş maqsadida boquvçisini yöqotgan köp bolali oilalardir. Uşbu imtiyoz Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tuman (şahar) bölimining ma'lumotnomasi asosida beriladi».
Davlat soliq qömitasi xabariga köra, tört nafar va undan ortiq ön sakkiz yoşga tölmagan bolasi bölgan oilalar yer soliğidan ozod etiladi. Bunda, agar tört nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan köproği ta'limning kunduzgi şaklida (örta maxsus va professional, oliy ta'lim) ta'lim taşkilotlarida öqiyotgan hamda yigirma ikki yoşga tölmagan bölsa, bu oila ham köp bolali oila deb hisoblanadi va yer soliği imtiyozidan foydalaniş huquqiga ega.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasining 640-son qonuniga muvofiq «köp bolali oila» atamasining ta'rifi Özbekiston Respublikasining Oila kodeksiga kiritildi.












