Koronavirusdan davolanişni davom ettirayotgan AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uydagi işiga qaytdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Brayan Morgenstern ma'lum qildi. Tramp “Delta” dovuli bilan boğliq vaziyat va iqtisodiyotni jonlantiriş çoralari böyiça brifing ötkazgan.

“Men uçun “Delta” dovuli böyiça brifing ötkazişdi va men Texas gubernatori Greg Ebbott va Luiziana gubernatori Jon Bel Edvards bilan suhbatlaşdim”, deb öz işiga qaytişiga izoh bergan Tramp.

Oq uyda Tramp infeksiya yuqtirmasligi kafolatlangani ta'kidlab ötilgan. 

Ta'kidlanişiça, Oq uyning Tramp işçi xonasi - Oval kabineti joylaşgan qanotida oxirgi soatlarda harbiy soqçilik qilmoqda. Bu esa prezident öz iş örnida ekanini anglatadi.

Tramp 2 oktyabrda özi va rafiqasida koronavirus aniqlanganini ma'lum qilgan. U 3 kun şifoxonada ötkazgaç, Oq uyga qaytgan.

7 oktyabrda Trampning şifokori prezident özini yaxşi his qilayotgani, uning qonida koronavirusga qarşi antitanalar topilganini ma'lum qilgan. 

Biroq Trampning bunçalik tez işga qaytişi AQŞning köplab OAVlarida xavotirlik uyğotgan. The Hill naşrining eslatib ötişiça, AQŞ rasmiy idoralarining amaldagi tavsiyalariga köra, koronavirusga çalinganlar virusni boşqa odamlarga yuqtirmaslik uçun kamida 10 kun özini yakkalaşi lozim.