«Profelite IMP xususiy bandlik agentligi» tomonidan fuqarolarni Janubiy Koreyaga işga yuboriş degan aldov bilan pul mablağlarini özlaştirganligi holati yuzasidan uşbu jamiyat a'zolariga nisbatan jinoyat işi qözğatilganligi haqida xabar berilgan edi.
Köpçilikni uşbu jamiyatdan jabr körgan fuqarolarning pul mablağlari nima böladi, degan savol qiziqtirmoqda.
Kun.uz vaziyatga oydinlik kiritiş uçun masala böyiça Majburiy ijro byurosi bilan boğlandi.
MIB matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, Jinoyat işlari böyiça Sergeli tuman sudining jabrlanuvçilarga zarar pullarini qaytarilişi yuzasidan ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosiga şu yil 28 sentyabr kuni kelib tuşgan.
“Hozir Majburiy ijro byurosi tomonidan taşkil etilgan hududlardagi işçi guruhlarga 37 nafar jabr körgan fuqarolar
hisob-raqamlari töğrisidagi arizalar bilan murojaat qilib, ularga zarar pullari proporsional tartibda ötkazilişi ta'minlandi.
Moddiy zararni qaytariş masalasida murojaat etmagan 226 nafar fuqarolarga hududlarda taşkil etilgan işçi guruhlarga murojaat qilişlari va yetkazilgan zarar pullari qisqa muddatda ularning hisob raqamlariga proporsional ravişda ötkazilişini eslatib ötamiz”, – deyiladi MIB taqdim etgan ma'lumotda.
Eslatib ötamiz Jinoyat işlari böyiça Sergeli tumani sudining şu yil 14 sentyabrdagi hukmi bilan «Profelite IMP xususiy bandlik agentligi» mansabdor şaxslariga nisbatan tegişli jazo tayinlangan.
Tergov va sud davrida aniqlangan jami zarar miqdori 9 mlrd sömga yaqin. Işni körib çiqqan sudya Ğ.Amonovning ma'lum qilişiça 422 mln söm pul va 60 mln sömlik bir dona avtotransport vositasi undiruvni ta'minlaş uçun xatlangan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri örinbosari Bahodir Umrzoqovning sözlariga köra, fuqarolarga yetkazilgan zarar töliq qoplanadi. Zararning qöşimça qismi Mehnat migrantlarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi orqali tölab beriladi.
Jabrlanuvçilar quyidagi manzil böyiça murojaat qilişlari söralmoqda:













