Volgaböyi temir yöli vakilining ma'lum qilişiça, 8 oktabr mahalliy vaqt bilan soat 21:57da (Toşkent vaqti bilan soat 22:57da) Voljskiy – Toşkent poyezdi bilan 938 özbekistonlik vatanga jönatilgan.
Uning ta'kidlaşiça, bu poyezd Özbekiston fuqarolarini uşbu hududdan olib çiqişga möljallangan 5-maxsus poyezddir. Voljskiydan hammasi bölib Özbekistonga 4,5 ming kişi jönagan. Şuningdek, “RJD” qolgan özbekistonliklarni vatanga jönatiş böyiça qöşimça poyezdlar belgilaş masalasini körib çiqmoqda.
“Hozirda Voljskiydagi musulmon madaniy-oqartuv markazida Özbekistonning 450 fuqarosi qolmoqda. Ular yegulik, yotoq bilan ta'minlangan. Hukumat, xayriya taşkilotlari hamda şunçaki befarq bölmagan odamlar yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilişda yordam bermoqda”, deb ma'lum qilgan Volgograd oblasti musulmonlar markaziy diniy boşqarmasi muftiysi Abdulla Hoji.












