Mutaxassisning ta'kidlaşiça, D vitamini koronavirusga çalinişga moyillikka bevosita ta'sir qilmaydi, biroq u immunitetni oşiradi va bu koronavirusdan himoyalanişda yordam beradi. Quyoş nuri yetişmaganda organizm uşbu vitamindan kamroq oladi va buning natijasida immunitet pasayadi.
“Oxirgi tadqiqotlardan biri qonda D vitamini kamligi koronavirusga çaliniş vaqtidagi prognozni jiddiy yomonlaştirişidan darak bermoqda. Odamda D vitamini me'yorida bölsa, uning infeksiyani yengişi oson keçadi”, deb tuşuntirib ötgan şifokor.
Uning ta'kidlaşiça, D vitaminini dengiz mahsulotlari iste'mol qiliş evaziga me'yorida uşlaş mumkin.
“D vitaminining asosiy va samarali manbai – bu baliq va dengiz mahsulotlaridir. Bunda, albatta, dengiz mahsulotlarining qimmat turlarini xarid qiliş şart emas, baliq yoğli va dengizniki bölsa yetarlidir. Bunda seld ham yaraydi, faqat u juda şör bölmasligi kerak. Şuningdek, losos va skumbriya ham foydali. Tarkibida baliq yoği bor bölgan barça mahsulotda D vitamini köp böladi”, deb ta'kidlab ötgan Malozemov.
Sentabr oxirida Boston universiteti tibbiyot maktabi olimlari organizmida D vitamini yetarliça miqdorda bölgan koronavirusga çalingan bemorlar orasida uning taqçilligi kuzatilganlarga nisbatan oğir holatlar va ölimlar kam bölişi haqidagi xulosaga kelişgan.














