«Hududlarda oqsoç ayollar, uy xizmatçilari tayyorlaş markazlari oçiş, ularning huquqini himoya qiliş borasida taklifim turliça talqin qilindi. Şuni bilişingizni xohlardimki, bu gapni avvalo aziz ayollarimiz himoyasi uçun aytdim.

Bu sohada tartib örnatiş, uy xizmatçilarining huquqini himoya qiliş millatimizning şa'nini tuşirmaydi, aksinça yuksaltiradi. Ularni öqitadigan markazlarni oçişning yomon tomoni yöq. Taklifim şundan iboratki, şundoq ham mavjud bölgan xizmat turini qonuniylaştiriş kerak. Ular öz huquqlarini talab qila olişlari yaxşi-ku», deya viloyat hokimining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Erkinjon Turdimov 8 oktabr kuni prezident rahbarligidagi videoselektor yiğilişida ayollarni uy xizmatçisi, oqsoçlik va enagalik kasblariga tayyorlaş böyiça taklif bergandi. Uning bu taklifi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.

Keyinçalik Samarqand viloyat hokimligi bu borada munosabat bildirib, Turdimov aslida nima demoqçi bölganini tuşuntirdi.