Prezident matbuot xizmati xabarida aytilişiça, intellektual mulk Yevropada YaIMning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizni taşkil etadi.
«Afsuski, mamlakatimiz bu borada dunyo bozoridan uzoqlaşib ketdi. Na tegişli idoralar va na hudud rahbarlari intellektual mulk masalasiga e'tibor berdi. Şu sababli ixtiroçi olim va ijodkorlarimiz xorijga çiqib ketdi. Ilmiy institutlarimiz innovatsiyalar, tarmoqlar esa xaridorgir işlanma va brendlar yarata olgani yöq.
Bölgan taqdirda ham aksariyat ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari böyiça murojaatlar ilmiy işni tezroq röyxatdan ötkazib oliş maqsadida qilinmoqda. Bu boradagi talablar ham eskirib qolgan», – deyiladi rasmiy relizda.
Yiğilişda intellektual mulk himoyasini kuçaytiriş, har bir idora va tarmoqqa ilmiy yutuqlarni olib kiriş masalalari muhokama qilingan.
Adliya vazirligi va Intellektual mulk agentligiga sohani rivojlantirişga qaratilgan uç yillik dastur işlab çiqiş vazifasi qöyilgan. Intellektual mulk yaratuvçilarini rağbatlantiriş, patent egalarini mukofotlaş kabi imtiyozlar tizimini joriy qiliş zarurligi ta'kidlangan.
Qayd etilişiça, Özbekistonda yiliga 4 500 atrofida intellektual mulk obekti, jumladan, 2 mingdan ziyod tovar belgilari röyxatdan ötadi. Misol uçun, Navoiy kon-metallurgiya kombinati sönggi 10 yilda 35 ta ixtironi röyxatdan ötkazib, ularning 16 tasidan 400 milliard sömdan ortiq iqtisodiy samara körgan. Bu işlanmalarni boşqa davlatlarning oltin qaziş korxonalariga sotiş böyiça muzokaralar olib borilmoqda.
«Lekin bunday ixtirolar xorijda röyxatdan ötkazib kelinmoqda. Çunki yurtimizda qiymatni baholaş tizimi amalda işlamayapti. Buning oqibatida köplab işlanmalar tijoratlaştirilmay qolib ketmoqda.
Şu bois Butunjahon intellektual mulk taşkiloti mutaxassislari bilan baholovçilar tayyorlaş tizimini yölga qöyiş muhimligi ta'kidlandi.

Kelgusi yil birinçi çorakda sanoat mulki patentlari platformasini yaratib, unga sanoat tarmoqlaridagi intellektual mulk obektlarini joylaştirib boriş, viloyatlardagi korxonalar va oliy öquv yurtlarining intellektual mulk obektlari bazasini yaratiş böyiça topşiriqlar berildi.
Ötgan yili 400 ga yaqin ixtiro, 110 ta foydali model, 170 ta sanoat namunasi, 36 ta seleksiya yutuği röyxatga olingan bölsa-da, atigi 43 ta ilmiy işlanma tijoratlaştirilgan xolos. Şu bois bunday ilmiy yutuqlarning «elektron yarmarkasi»ni taşkil etiş lozimligi ta'kidlandi», – deyilgan rasmiy xabarda.














