Sardobadagi toshqindan keyin evakuatsiya qilinganlarning 2 mingdan ortig‘i hamon Jizzax hududida yashamoqda
May oyida Sirdaryoning texnogen falokatdan talafot ko‘rgan hududlaridan evakuatsiya qilinganlarning 9,3 mingdan ortig‘i hamon uyiga qaytolmagan.

Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga «Sardoba» suv omboridagi texnogen vaziyat oqibatlarini bartaraf etish choralarining tezkor nazorati xususida ma'lumot taqdim etdi.
May oyida «Sardoba» suv omboridagi texnogen ofat oqibatida Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 11ta mahallada (28ta aholi punkti) yashovchi 89 ming 450 nafar aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingandi.
Ma'lum qilinishicha, bugungi kunga qadar 80 ming 64 nafar (89,5 foiz) aholi yashash manzillariga qaytarilgan, qolgan 9386 nafari evakuatsiya qilingan joylarida yashamoqda.
Shundan, Sirdaryo viloyatining tuman-shaharlarida – 7308 nafar (919 nafari 10ta muassasalarda va 6389 nafari xonadonlarda), Jizzax viloyatining tuman-shaharlarida – 2078 nafar aholi xonadonlarda yashamoqda.
- Eslatib o‘tamiz, shu yil 1 may kuni tongida Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv omborida to‘g‘on o‘pirilishi sodir bo‘lgandi. Suv toshqini oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi aholi punktlari va ekinlarga zarar yetgan, binolar, yo‘llar, kommunikatsiyalar vayron bo‘lgandi. Uchta tumandan jami 90 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilingandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pentagon rahbari Ukrainaga yordam budjeti qisqartirilishini e’lon qildi
Jahon | 18:01
-
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45
-
Yetakchilarning futbolga tashrifi O‘zbekiston xalqiga katta hurmat - Sherzod Asadov
O‘zbekiston | 17:35
-
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi
Jahon | 17:26
Mavzuga oid

19:41 / 10.06.2025
Zominda sel tufayli avtomobil yo‘li yopilib qoldi

10:40 / 07.06.2025
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi

14:42 / 03.06.2025
Jizzaxda odamlarni kutilmagan usulda chuv tushirgan “metallolom”chi Kun.uz surishtiruvidan so‘ng qo‘lga olindi

17:03 / 22.05.2025