Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga «Sardoba» suv omboridagi texnogen vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş çoralarining tezkor nazorati xususida ma'lumot taqdim etdi.
Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, Quriliş vazirligi va boşqa daxldor idoralar vakillaridan iborat 9ta işçi guruhi tomonidan ötkazilgan örganişlar davomida talafot körgan 4710ta xonadon (şundan 2211ta yaroqsiz va 2499tasi ta'mirtalab) aniqlangan.
Aholining turar joylarini ta'mirlaş böyiça
Talafot körgan hududlarda aniqlangan 1830ta (Sardoba tumanida 530, Oqoltin tumanida 698 va Mirzaobod tumanida 602) xonadonda tiklaş va ta'mirlaş işlarini olib boriş Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va viloyatlarga taqsimlab berilgan.
Hozirga qadar quriliş-ta'mirlaş işlari bajarilgan xonadonlarning 1830tasiga egalari köçirildi.
Köp qavatli uy-joylarni ta'mirlaş böyiça
Işçi guruhlar tomonidan ötkazilgan örganişlar davomida jami 107ta köp qavatli uy (2 qavatli - 1320ta xonadon) talafot körgan. Şundan 63tasi yaroqsiz (Sardoba tumanida 63 uy, 648 xonadon) va 44tasi ta'mirtalabligi (Mirzaobod tumanida 11ta uy, 132ta xonadon, Oqoltin tumanida 20ta uy, 360ta xonadon, Sardoba tumanida 13ta uy, 180ta xonadon) aniqlandi.
2020 yil 1 oktyabrga qadar köp qavatli uy-joylarni ta'mirlaş va tutaş hududlarini obodonlaştiriş işlarini yakunlaş rejalaştirilgan bölib, hozirga qadar Sardoba tumani «Döstlik» mahallasidagi 648ta xonadonli 63ta köp qavatli uylar buzildi.
Yangi köp qavatli uylarning qurilişi böyiça
Sardoba va Mirzaobod tumanlarida 2640 xonadondan iborat 66ta köp qavatli uy qurilişi rejalaştirilgan.

Mirzaobod tumani «Haqiqat» MFYda – 800 xonadondan iborat 40ta (20ta 2 pod'yezdli örniga 40ta 1 pod'yezdli qurilmoqda) köp qavatli uyni quriş «WHITE CITY CONSTRUCTION» MÇJ tomonidan olib borilib, işlar 63 foizga bajarilgan.
Hozirda MÇJ tomonidan 40ta uyning quriliş işlari yakunlaniş arafasida.
















