«Sardoba» suv omborida röy bergan texnogen ofat oqibatida zararlangan yöl va köpriklarni tiklaş va ta'mirlaşga jami 390 mlrd 700 mln söm mablağ ajratilib, 2020 yilda amalga oşiriladigan işlarga 227 mlrd 700 mln söm va 2021 yil uçun esa 81 mlrd söm sarflanişi belgilangan.

Mazkur obektlardagi quriliş-ta'mirlaş işlari uçun jami 158 mlrd 100 mln söm mablağ moliyalaştirildi.

  • xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yölining Toşkent-Samarqand yönalişi böyiça 21 km (yöl çeti va atroflarini ta'mirlaş) va 17,7 km qismiga 24 ming 520 tonna asfaltobeton yotqizilib, 76 mlrd 500 mln söm mablağ moliyalaştirilgan.
  • davlat ahamiyatidagi 4R-31, 4R-18a, 4R-33 va 4R-199 avtomobil yöllarining 5,3 km qismida ta'mirlaş va tiklaş işlari bajarilib, 4 ming 114 tonna asfaltobeton yotqizilgan va 17 mlrd 400 mln söm mablağ moliyalaştirilgan.
  • mahalliy ahamiyatdagi 4K-665 avtomobil yölining 3 km qismida tiklaş va ta'mirlaş işlari bajarilib, 718 tonna asfaltobeton yotqiziş işlariga 1 mlrd 900 mln söm mablağ moliyalaştirildi.
  • içki xöjalik yöllaridan 100,4 kilometrdan 94 km qismida (40,2 km asfaltobeton, 20,1 km sementbeton va 33,7 km qum-şağal aralaşmasi yotqiziş) quriliş işlari yakunlanib, 42 mlrd söm mablağ moliyalaştirildi.

Şuningdek, 14ta köprikning 10tasida 20,3 mlrd söm mablağlar hisobidan xalqaro ahamiyatdagi M-39 va A-373 yöllaridagi 6ta köprikda 95 foiz, davlat ahamiyatidagi 4R-199 va 4R-31 avtomobil yöllaridagi 7ta köprikda 85 foiz, mahalliy ahamiyatdagi 4K-665 yöldagi bitta köprikning 55 foiz qismida ta'mirlaş-tiklaş işlari bajarilgan.

Köprikning avvalgi holati
Köprikning hozirgi holati