Xöş, koronavirusdan özimizni qanday himoya qilişimiz kerak? Koronavirus sovuq havoda özini qanday tutadi va undan qay tariqa himoyalaniş mumkin?
Mutaxassislar Covid-19’ning mavsumiy kasallik ekanligi borasida hanuz bir qarorga kela olişmadi, ammo Reading universiteti virusologiya professori Yan Jons Britaniyaning «Daily Telegraph» gazetasiga bergan intervyusida gripp kabi nafas oliş yöllari bilan boğliq kasalliklar yozda kamroq tarqalişini aytdi.
Virus qiş oylarida kuçliroq böladi
«Buning sababi şundaki, ular nafasdagi havo tomçilari orqali tarqaladi. Uşbu tomçilar iliq va quruq şaroitda, ayniqsa, ultrabinafşa nurlar ta'sirida tezroq quriydi. Virus tez tarqaluvçi qiş oylarida esa buning aksi kuzatiladi», deydi professor Yan Jons.
Ba'zi tadqiqotçilar koronavirus sovuq iqlim şaroitida yaxşiroq rivojlanişini va bu kasallik iliq iqlimli hududlardan köra köproq Yevropaga zarar yetkazişi mumkinligini ta'kidlaşmoqda.
Yevropaning sakkiz mamlakati, şu jumladan, Buyuk Britaniyada Covid-19 kasalxonalariga yotqizilgan 7 ming kişiga oid ma'lumotlarga köra, haroratning har bir ortiş darajasi ölim körsatkiçining taxminan 15 foizga pasayişiga olib keladi.

Biroq mutaxassislarning ta'kidlaşiça, yangi kasallaniş holatlarining mavsumiy ortişi sovuq ob-havodan köra virusning xatti-harakatiga köproq boğliq.
«Yopiq makonlarga ötiş katta ehtimol bilan qiş oylarida virusga çaliniş holatlari oşişiga eng katta ta'sir qiluvçi kuçdir», deydi mikrobiolog doktor Antryu Preston.
Yopiq makonlarda nima qiliş kerak?
Ta'kidlaş joizki, yetarli darajada şamollatilmagan yopiq joylar eng xavfli muhit sifatida körilmoqda.
«Infeksiya zanjirining boşlanğiç nuqtasi – odamlar köp töplanadigan yopiq joylardir. Şu bois, yaxşi havolantirilgan, ijtimoiy masofa saqlangan va şovqin bölmagan joylarni tanlang. London va Yaponiyada ötkazilgan tadqiqotlar şuni körsatadiki, odamlar aloqa qiliş uçun baqiradigan joylarda virus yuqiş holati köp kuzatiladi», deydi Sauthempton universitetining jamoat salomatligi böyiça eksperti doktor Maykl Hed.















