Rossiya 2016 yilda Istanbulda sodir etilgan qotillikda ayblanayotgan Özbekiston fuqarosini Turkiyaga topşirdi. Bu haqda Rossiya Boş prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mahkama xabarida aytilişiça, qotillik sodir etilgandan keyin özbekistonlik şaxs izsiz ğoyib bölgan va qidiruvga berilgan.
«Rossiya Federatsiyasi hududida uning joylaşgan joyi aniqlanganligi munosabati bilan Turkiya Respublikasi Boş prokuraturasi ayblanuvçini ekstraditsiya qiliş töğrisida Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasiga sörov yubordi. Sörov qondirildi», - deyiladi Rossiya Boş prokuraturasi ma'lumotida.
Qayd etilişiça, uşbu fuqaroni topşiriş masalasi epidemiologik vaziyat tufayli murakkablaşgan.
«Turkiya kuçişlatar tuzilmalari xodimlari hamrohligida va barça xavfsizlik çoralariga rioya qilgan holda, ayblanuvçi Turkiyaga yetkazildi», - deyiladi mahkama xabarida.












