Inspeksiya matbuot kotibi Şavkat Xöjaqulovning aytişiça, öquv yili boşlangan kunlardanoq OTMlardagi onlayn ta'lim sifati tekşirib borilmoqda.

«Professor-öqituvçilar va talabalarning elektron platformadan foydalaniş könikmasi yöqligi, mazkur platformalar öquv-uslubiy tomondan töliq boyitilmagani, texnika, şaroit yetişmasligi va internet sifati kabi muammolar sabab talabalar davomati kabi kamçiliklar kuzatildi», – dedi inspeksiya rasmiysi 13 oktabr kuni AOKAdagi matbuot anjumanida.

Qayd etilişiça, masofaviy ta'limda yaratilgan elektron resurslar sifati tahlili natijalariga köra:

  • 38ta OTMda talabalarga maslahat beriş xizmatlari va koll-sentrlar faoliyati yölga qöyilmagan;
  • 26ta OTMda talabalar tomonidan maşğulot sifatiga baho beriş tizimi yölga qöyilmagan;
  • 19ta OTMda masofaviy öqitiş platformasidan foydalaniş böyiça qöllanma va yöriqnomalar yöq.

Qayd etilişiça, aniqlangan kamçiliklar böyiça OTMlarga qat'iy ogohlantiriş berilib, qilinişi kerak bölgan işlarning «Yöl xaritalari» tasdiqlangan. Kamçiliklar bosqiçma-bosqiç bartaraf etilayotgani aytildi.

Şavkat Xöjaqulov masofaviy ta'lim nisbatan samarali yölga quyilgan OTMlarni ham sanab ötdi:

  • Xalqaro islom akademiyasi
  • Toşkent moliya instituti
  • Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaştiriş muhandislari instituti
  • Toşkent axborot texnologiyalari universiteti
  • Toşkent şahridagi Inxa universiteti
  • Turin politexnika universiteti
  • Samarqand davlat universiteti
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
  • Buxoro davlat tibbiyot instituti

Ma'lum qilinişiça, boşqa OTMlarga yuqoridagi oliygohlar tajribasini örganiş tavsiya qilingan.

«Biroq ta'kidlaş joizki, hali masofaviy ta'limni sifatli taşkil etiş böyiça OTMlarda amalga oşirilişi lozim bölgan bir qator vazifalar mavjud. Xususan, köpgina mutaxassislik böyiça bevosita amaliy maşğulotlar muhim örin tutişini inobatga olib, epidemiologik vaziyatdan kelib çiqib bosqiçma-bosqiç an'anaviy ta'limga ötilişi bilan mazkur kamçiliklar ham bartaraf etiladi»,