Auksion Saudiya loçin klubi tomonidan taşkillaştiriladi. Taşkilotçilarning ta'kidlaşiça, 1,1 kg oğirlikka ega sahro loçini - şaxin Saudiya Arabistonining şimolidagi Xafir-al-Batin viloyatida tutib olingan.
Loçinlarning örtaça narxi 30 ming dollarni taşkil qiladi. Joriy yilda auksion qişki loçin ovi mavsumi arafasida ökazilgan. Pandemiya sababli yozgi ov mavsumi esa bekor qilingan.
Arabiston yarimorolida yaşovçi arablar madaniy merosining bir qismi hisoblangan loçin ovi an'analari ming yillik tarixga ega. Uşbu quşlarga talab katta bölgani sababli ular bilan faol tarzdad noqonuniy oldi-sotdi qilinadi: har yil podşohlikda 2,7 mlnga yaqin loçin uşlanadi yoki öldiriladi. Şu sababli davlat loçinlar kelib çiqişi qonuniy ekani tasdiğini talab qilgan holda rasmiy auksionlar va musobaqalarni qöllab-quvvatlaydi.
Joriy yilda loçin auksioni poytaxt Ar-Riyod yaqinida ötkazilmoqda. Savdolardan tuşadigan pullar loçin ovini rivojlantiriş va ommalaştirişga yönaltiriladi.












