Tavba, simyoğoçning ham «qahramoni» böladimi, deyişingiz mumkin. Bölar ekan. Andijon şahar Hamkorlik mahallasi Aylanma Öş köçasida bölib, yarim asrdan ziyod aholiga xizmat qilib kelayotgan elektr simyoğoçlarning holatini körgaç, şu fikrga keldik.



Köça boşiga örnatilgan yoğoç tayançdan 20 ta xonadonga elektr ötkazilgan ekan.
Simyoğoçdan xonadonlarga tortilgan juft elektr simlari şu darajada köpki, xuddi örgimçak töriga öxşaydi. Uning yoğoç asosi çirişni boşlabdi.
Köçada açinarli holdagi ana şunday 8ta «qahramon simyoğoç»ni kördik. Hududdagi elektr liniyasi eskirib ketgani sabab aholi öz xonadonlariga texnika xavfsizligiga rioya qilmagan holda qölbola uskunalar bilan elektr tortib olişgan.




Xonadonlar ziç joylaşgan Aylanma Öş köçasida elektr ta'minoti masalasi oğir holda. Elektr liniyasi iste'molçi köpligidan talabga javob bermaydi. Tokning quvvati past, transformator eskirib ketgan.
Aholining köp bora qilgan murojaatlaridan söng, 2019 yilning kuzida şahar elektr korxonasi köçaga beton tayançlari örnatganida köça ahli rosa suyundi. Biroq oradan bir yil ötsa ham iş yakuniga yetmayapti.


«Mana şu beton «stolba»larni örnatişganiga deyarli bir yil böldi. Şu yil boşida atrofdagi ikki-uçta köçalarda sim tortişdi. Qolgani qoldi. Qaçon sovuq tuşsa, ulaşadi şekilli. Karantin bölib, töxtatib qöyişgan. Mana endi öquv yili boşlandi. Bolalar dars qilişi kerak.


















