Saylovçilar röyxatiga olingan 5,3 mln gvineyalik prezident lavozimiga 12 nomzoddan birini tanlaşi kerak böladi. Ular orasida amaldagi prezident, 82 yoşli Alfa Konde ham bor. Bu uning uçinçi prezidentlik muddatga ilgari surilişidir. Konde 2010 va 2015 yillardagi saylovlarda ğalaba qozongan edi.
Afrika davlatida mart oyida ötkazilgan referendumda ma'qullangan yangi konstitutsiya Kondega uçinçi muddatga saylaniş uçun yöl oçib bergan. Avvalgi konstitutsiyada prezident lavozimida qoliş ikki muddat bilan çeklangan bölgan. Konstitutsiyaviy sud yangi konstitutsiya qabul qilinişi sababli Kondening avvalgi ikki muddati hisobga olinmasligi haqida qaror çiqargan. Bu orada muxolifat Kondening yana bir muddatga qoliş istagini qoralagan.
Amaldagi prezidentning saylovlardagi asosiy raqibi muxolifat yetakçisi – sobiq boş vazir Selu Daleyn Diallo hisoblanadi. U avvalgi prezident saylovlarida ham Kondega raqobatçilik qilgan, biroq ularda mağlub bölgan. Saylovlar arafasida Diallo amaldagi prezidentni ovoz beriş natijalarini soxtalaştirişga urinişda ayblagan.
Kondening tarafdorlari esa uning prezidentligi vaqtida Gvineya yalpi içki mahsuloti 2 barobar oşganini, toğ-kon sanoatida tez va uzluksiz rivojlaniş kuzatilayotganini ta'kidlaşmoqda.
Saylovlarning dastlabki natijalari kelayotgan haftaning örtalarida ma'lum qilinadi. Agar nomzodlardan birortasi 50 foiz+1 ovozni töplay olmasa, 24 noyabrda saylovlarning ikkinçi turi bölib ötadi.












