Gvineya poytaxti Konakrida qurollangan şaxslar sobiq prezident Mussa Dadis Kamarani qamoqdan çiqarib oldi. Bu haqda France Press xabar berdi. Ammo, bir neça soatdan keyin hukumat vakillari uni yana qölga oldi.
Qayd qilinişiça, erta tongda birinçi öq ovozlari eşitilgan, bir neça soatdan keyin ular yana takrorlangan. Qurbonlar va otişma sabablari haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Guvohlarning sözlariga köra, otişma qamoqxona hududida sodir bölgan. Qurollangan şaxslar tört nafar mahbusni ozod etişga muvaffaq bölgan.
«Konakridagi qamoqxonadan mijozim Mussa Dadis Kamara bilan boğliq qoçiş sodir bölganini bildim», dedi sobiq davlat rahbari advokati Jokey Xaba.
Keyinçalik mahalliy armiya vakili mahbus qölga olingani haqida naşrga xabar bergan.
«Kapitan Mussa Dadis Kamara tirik va soğ-salomat holda topildi. U yana qamoqxonaga qaytarildi», dedi u voqea tafsilotlariga töxtalmasdan.
Mussa Dadis Kamara 2008 yilda davlat töntarişi oqibatida hokimiyat tepasiga kelgan va 2010 yilgaça Gvineya prezidenti bölgan. Keyin jinoiy ta’qibdan yaşirinib, bir neça yil çet elda yaşagan. Kamara 2021 yil oxirida Gvineyaga qaytdi. 2022 yilda sobiq prezident va uning tarafdorlariga qarşi sud jarayonlari boşlandi.












