Gvineya sudi sobiq harbiy yetakçi Mussa Dadis Kamarani insoniyatga qarşi jinoyati uçun 20 yil muddatda ozodlikdan mahrum etiş böyiça hukm çiqardi.

Gvineya Jinoiy sudi mamlakat poytaxti Konakri yaqinidagi stadionda muxolifat mitingini bostiriş işi böyiça ikki yildan buyon davom etib kelayotgan sud jarayonini yakunladi. Öşanda mitingni şafqatsiz bostiriş jarayonida kamida 156 kişi halok bölgan va 109 nafar ayol zörlangan edi.

Sud qotillik, zörlaş, qiynoq va odam öğirlaş kabi ayblovlar Kamara va boşqa yetti harbiy komandirga hukm çiqarilişidan oldin insoniyatga qarşi jinoyatlar sifatida tasniflanişini e’lon qildi. Tört nafar ayblanuvçi esa oqlandi.

Sud jarayonida Kamaraning prezident gvardiyasi a’zolari tomonidan 2009 yilda sodir etilgan ommaviy qirğinda omon qolgan yuzlab insonlar va qurbon bölgan şaxslarning yaqinlari körsatma berdi. Sud qurbonlarga 23 mingdan 174 ming AQŞ dollargaça kompensatsiya tölaş böyiça qaror çiqardi.

Qurbonlarning ayrim qarindoşlari uşbu hukmni odilona deb baholayotgan bölsa, ba’zilar 2023 yilning noyabrida qamoqxonadan qoçib ketgan, biroq köp ötmay qölga olingan Kamara uçun yetarliça jazo emas deb hisoblamoqda.

«Hukm jinoyatlarga mos kelmayapti. Bizning opalarimiz zörlandi, akalarimiz öldirildi, ularning jasadlari bedarak yöqoldi», — deydi qurbonlardan birining qarindoşi 25 yoşli Safiatu Balde.

Himoyaçilarning ta’kidlaşiça, hukm çiqarilgan kunda ayblovlarni insoniyatga qarşi jinoyatlar sifatida qayta tasniflaş ayblanuvçining özini himoya qiliş imkoniyatidan mahrum qiladi va ularning adolatli sudlov huquqlarini buzadi. Ayblanuvçilar va da’vogarlar 15 kun içida hukm ustidan şikoyat qilişlari mumkin.

Kamaraning hokimiyatga kelişi

2008 yilning 22 dekabr kuni Gvineyaning prezidenti Lansana Konte kutilmaganda vafot etadi. Ertasi kuni soat 07:00 da Mussa Dadis Kamara televideniye orqali çiqiş qilib, Demokratiya va rivojlaniş uçun milliy kengaş tuzilganini, hukumat tarqatilib yuborilişini e’lon qiladi. Uning aytişiça, davlat töntarişiga mamlakatdagi qaşşoqlik va korrupsiya sabab bölgan.

24 dekabr kuni radio orqali Kamaraning prezident etib tayinlangani e’lon qilinadi, şu kuni u mamlakatda 2010 yil dekabrga qadar erkin prezidentlik saylovlari ötkazilişini ma’lum qiladi.