Daniyalik mutaxassislar koronavirusga tekşirilgan 473 mingdan köproq kişining ma'lumotlarini özaro taqqoslaşdi. Olingan natijalarga köra, koronavirusga musbat test topşirganlar orasida AB0 qon guruhiga ega odamlar kamroq, A (ikkinçi), V (uçinçi) va AV (törtinçi) qon guruhiga ega odamlar köproq bölgan. Olimlar bu omilni birinçi qon guruhi organizmga viruslarni ötkazuvçi eritrotsitlar antigeniga ega emasligi bilan tuşuntirişgan.

Yana bir tadqiqot Kanadada şifoxonada davolangan 95 nafar oğir bemorni qamrab olgan. Unga köra, A yoki AV qon guruhlari intensiv davolaş va öpkani sun'iy şamollatişni talab qiluvçi kasallikning oğir asoratlari yuz berişi ehtimolini oşirgan.

Avvalroq Xitoy, AQŞ va Eron olimlari koronavirus asoratlaridan ikkinçi qon guruhiga ega odamlar köproq, uçinçi va törtinçi qon guruhiga ega odamlar esa kamroq ölişlari haqidagi xulosaga kelişgan. Olimlar birinçi qon guruhiga ega kişilarni koronavirusga eng kam çalinuvçi deb ataşgan.