Vazirlik xabariga köra, uşbu ikki XBAga Özbekistondan taşqarida iş izlayotgan şaxslarni işga joylaştiriş uçun berilgan litsenziyalar 13-14 oktabr kunlari, ularning öz arizalariga binoan bekor qilingan.

 “Good Work” XBAning litsenziyasi şu yil mart oyida vaqtinça – 10 iş kuniga töxtatib qöyilgan edi. Bunga agentlik ustidan şikoyat arizalari kelib tuşgani sabab bölgandi.

Şu tariqa, Özbekistonda sönggi 18 oy içida litsenziyasi bekor qilingan xususiy bandlik agentliklari soni 50taga yetdi. XBAlar reyestriga jami 103ta agentlik kiritilgan bölib, ayni paytda ulardan 25tasi litsenziyaga ega.

Avgust oyida ma'lum qilingandiki, litsenziyasi bekor qilingan XBAlardan 21tasi “faoliyatini taşkil qila olmay, litsenziyasini topşirgan”, 11tasi esa qonunçilikni turli şaklda buzgan.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga bundan ikki yil oldin – 2018 yil 15 oktyabrda qabul qilingan qonun asosida ruxsat berilgandi. 2020 yil avgustida bu qonunga tuzatişlar kiritildi.

Ikki yil içida önga yaqin (ehtimol öndan ortiq) xususiy bandlik agentliklari minglab fuqarolarni çuv tuşirib, ulardan yiğilgan milliardlab mablağlarni özlaştirib yubordi. Jabrlanuvçi fuqarolar muammoga hukumat e'tiborini tortiş uçun bir neça marta mitinglar ötkazdi. Ayrim XBAlar işi böyiça sud hukmlari çiqqan, qator jinoyat işlarini köriş turli bosqiçlarda davom etmoqda.