OTMlarda an'anaviy ta'limga qaytiş imkoniyatlari tahlil qilinadi, deb ma'lum qildi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi.
17 oktabr kuni boş vazir örinbosari Behzod Musayev rahbarligidagi videoselektorda şunday qarorga kelingan.
“Oliy ta'lim tizimida an'anaviy darslarga qaytişda, avvalo, talabalar va ularning ota-onalari örtasida sörovnomalar ötkaziladi. Şuningdek, OTM tomonidan muassasa imkoniyatlari tahlil qilinadi, sanitariya-epidemiologiya talablari asosida öquv jarayonlarini taşkil etiş, talabalar salomatligini xavf ostiga qöymasdan talabalar turar joylari faoliyatini tiklaş imkoniyatlari körib çiqiladi.
Bu borada yakuniy qaror OTMlar kengaşi tomonidan talabalar, ularning ota-onalari takliflarini inobatga olgan holda sanitariya-epidemiologiya xizmati tegişli xulosasi asosida qabul qilinadi.
Sörovnomalar natijalariga köra hamda OTM imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda respublikadagi oliy ta'lim muassasalarida an'anaviy ta'lim şakliga ruxsat etiladi”, – deyiladi xabarda.











