Axios portali ma'lumotlariga köra, Tramp öz raqibi bilan osoyişta ohangda gaplaşişga, uning gapini bölmaslikka va köproq hazillaşişga urinib köradi. Biroq manbalarning ta'kidlaşiça, Tramp Baydenning öğli Hanterga hamla qilişni davom ettirişi mumkin.
“Tramp qilişi kerak bölgan narsa – odamlarga u uçun ovoz beriş imkonini beriş. Birinçi debatlarda u buning aksini qildi. Umid qilamanki, prezident buning uddasidan çiqa oladi, çunki uning qayta saylanişi şunga boğliq bölişi mumkin”, deb aytgan Trampga yaqin manbalardan biri.
Manba Tramp birinçi debatlar böyiça hujjatlar bilan tanişib çiqmagandek taassurot qoldirayotganini ta'kidlagan.
AQŞ prezidenti yordamçilaridan birining aytişiça, agar Tramp birinçi debatlarda Baydenga gapirişga, moderatorga esa savollar berişga imkon berganda, uning raqibi “safsatabozlikka tuşib ketib, miyanği çoldek köringan bölardi”.
Axios ötkazgan hisob-kitoblarga köra, Tramp 29 sentyabrda ötgan debatlarda 71 marta öz raqibining gapini bölgan.












