Hukumatning şu yil 20 yanvardagi qarori bilan «Maxsus aviatsiya işlari aviakompaniyasi» DUK balansida bölgan «An-2» rusumli havo kemalari, tegişli aviatsiya mulki va boşqa mol-mulklar «Uzbekistan Airways» AJ tarkibidan çiqarilgan holda, «Humo Air» MÇJ tasarrufiga ötkazilgan edi.
Kun.uz Transport vazirligi matbuot kotibi Navröz Aşurmatovdan olgan ma'lumotga köra, Humo Air Özbekiston böylab xizmat körsatişni boşlagan.
Unga köra, Humo Air mahalliy aviaxizmatlarni körsatişga ixtisoslaşgan bölib, istaganlar uning xizmatidan buyurtma asosida foydalanişi mumkin.
«Masalan, Qoraqalpoğistonda «AN-2» samolyotlari xizmatidan bir soat foydalaniş qiymati 7 mln sömdan sal köproqni taşkil etadi. Ayni paytda asosiy buyurtmalar qişloq xöjaligi sohasiga töğri kelmoqda», – dedi Navröz Aşurmatov.












