Irlandiya hukumati koronavirus bilan boğliq vaziyat yomonlaşgani sababli mamlakatda 6 haftalik karantin kiritişga qaror qildi. Karantin 21 oktyabrdan boşlab amal qiladi. Mamlakatda maksimal darajadagi epidemiologik xavf e'lon qilindi.
Karantin doirasida oziq-ovqat dökonlari va dorixonalardan taşqari, barça dökonlar yopiladi, sartaroşxonalar, gözallik salonlari, fitnes klublar işlaşdan töxtaydi. Umumiy ovqatlaniş obektlari taomlarni özi bilan olib ketiş yoki uyga yetkazib berişgagina işlaydi. Fuqarolarga uylaridan 5 kmdan köproqqa uzoqlaşiş taqiqlanadi. Şu bilan birga, bolalar boğçalari, maktablar va quriliş obektlari faoliyatini davom ettiraveradi.
Şuningdek, hukumat fuqarolarni aloqalarni çeklaşga çaqirgan.
Karantin muddati yakunlangaç, vaziyat baholanib, keyingi harakatlar böyiça qaror qabul qilinadi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, mamlakatda 18 oktyabrda 1,2 mingdan köproq yangi kasallaniş holati qayd etilgan. Jami kasallaniş holatlari soni 50 mingga yaqinlaşib qolgan, virus 1852 irlandning hayotiga zomin bölgan.












