Xabarda ta'kidlanişiça, BAA Isroil uçun vizani bekor qilgan birinçi arab mamlakati böladi. Tel-Avivdagi «Ben Gurion» xalqaro aeroportida bölib ötadigan marosimda Isroil boş vaziri Benyamin Netanyaxu, AQŞ moliya vaziri Stiven Mnuçin va Birlaşgan Arab Amirliklarining moliya vaziri Ubeyd ibn Hamid at-Tayyor iştirokida bitim imzolanadi va keyinçalik qöşma bayonot beriladi.

Şuningdek, bugun Isroilga taşrif buyuradigan BAA delegatsiyasi Tel-Aviv ma'muriyati bilan ikki tomon örtasidagi tijorat safarlarini osonlaştiriş uçun bir qator şartnomalarni ham imzolaydi. 

Eslatib ötamiz, 15 sentabr kuni Oq uyda bölib ötgan rasmiy marosimda Isroil, BAA va Bahrayn örtasida «munosabatlarni normallaştiriş» böyiça şartnomalar imzolangandi.