Kun.uz 18 oktabr kuni «Andijon şahridagi «qahramon simyoğoçlar». Mas'ullar ularning xizmatidan yana qança foydalanmoqçi?» sarlavhali maqola e'lon qilgan edi.
Maqolada Andijon şahar Hamkorlik mahallasi Aylanma Öş köçasidagi simyoğoçlar eskirib ketgani, boz ustiga xonadonlarga tortilgan juft elektr simlari keragidan ortiq bölib, texnik va xavfsizlik jihatdan talabga javob bermasligi aytib ötilgan edi.
Köp ötmay, «Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ matbuot xizmati Kun.uz muxbiri bilan boğlanib, muammoli holat örganilgani va hal etilganini ma'lum qildi.
«Andijon şahar Hamkorlik MFY Aylanma Öş köçasidagi xonadonlar nimstansiya 110/6 kV fider «Samarqand» 6 kVli kabel tarmoğiga ulangan 161/400 kVA transformator orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.
Özbekiston Respublikasi prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi «2017–2021 yillarda past kuçlanişli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qiliş va yangilaş dasturi töğrisida»gi PQ-2661-son qarori asosida yuqoridagi manzilda joriy yilning II çoragida 26 dona temir-beton tayanç va 1050 metr uzunlikdagi SIP 3×50 kabel tortilgan.
Yurtimizda e'lon qilingan karantin qoidalari munosabati bilan yangi qurilgan tarmoqni işga tuşiriş, aholi xonadonlarini yangi qurilgan tarmoqqa montaj-demontaj işlari keçiktirilgandi. Andijon şahar elektr ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan murojaatda kötarilgan masalalarni joyida hal qiliş maqsadida, bugun, 19 oktabr kunining özidayoq yangi qurilgan tarmoqqa aholi xonadonlarini ulaş işlari boşlab yuborildi.
Mavzuga oid
Şuningdek, murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan tegişli mas'ullar iştirokida ötkazilgan örganişlarda, simyoğoçdagi 0,4 kVli elektr uzatiş havo tarmoğidan taşqari Andijon telekommunikatsiya boğlanmasining aloqa vositasi uçun möljallangan simlari ham ötkazilgani ma'lum böldi», – deyiladi «Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ axborotida.