Avtomobil 3 yil avval Koenigsegg Agera RS giperkari örnatgan rekordni yangilagan. Rekord örnatilişi vaqtida giperkarni poygaçi Oliver Uebb boşqargan.
Ginness rekordlar kitobi qoidalariga köra, bunday rekordlar qayd qilinişi uçun bir soat oraliq bilan qarama-qarşi yönalişlarda ikkita uriniş amalga oşirilişi lozim. 10 oktyabrda Uebb Nevadadagi Paxramp şahri yaqinida joylaşgan State Route 160 avtostradasining 11 kmlik qismida SSC Tuatara’ning tezligini dastlab 484,5 km/soatga, söngra 533 km/soatga yetkaza olgan. Rekord natija sifatida esa örtaça tezlik – 508,7 km/soat olingan. Bu trassada örnatilgan avvalgi rekord körsatkiç 447 km/soatni taşkil qilgan. Uebb şu bilan birga 2019 yilda Bugatti Chiron Super Sport 300+ giperkari örnatgan norasmiy rekordni (490,5 km/soat) yangilaşga muvaffaq bölgan.
SSC North America’da ta'kidlanişiça, uriniş vaqtida oddiy yonilği bilan töldirilgan töliq seriyali avtomobildan foydalanilgan. Rekordni qayd qiliş uçun Dewetron GPS-moduli qöllangan.
SSC Tuatara 5,9 litrli, 8 silindrli motor bilan jihozlanadi. Uşbu dvigatelning maksimal quvvati 1774 ot kuçini taşkil qiladi. Dvigatel 7 poğonali robotlaştirilgan uzatmalar qutisi bilan birgalikda işlaydi. Avtomobilning joyidan tez qözğalişiga maşinaning aerodinamik qarşiligi past koeffitsiyentga egaligi (0,279) hamda old va orqa öqlariga tuşadigan optimal aerodinamik yuklama (37:63 nisbatda) kömak beradi.












