Merkel xonim Germaniya Iroqni barqarorlaştiriş, iqtisodiyot va xavfsizlik uçun uşbu mamlakatni qöllab-quvvatlaşda davom etişini bildirgan.
«IŞID mintaqada va mintaqadan taşqarida tahdid bölib qolmoqda», degan Merkel va IŞIDga qarşi kuraş tugamaganini qayd etgan.
Germaniya kansleri öz mamlakati IŞIDga qarşi koalitsiya doirasida Iroq barqarorligini qöllab-quvvatlaşda davom etişini ta'kidlagan.
U Iroq hukumatining islohotlarni amalga oşiriş istagidan mamnunligini va 2021 yil iyun oyida Iroqda bölib ötadigan saylov kuni odamlarning davlat muassasalariga bölgan işonçini oşirişi mumkinligini aytgan.
Kazimi bilan uçraşuvda iqtisodiy, mintaqaviy va xavfsizlik masalalari muhokama qilingan.
Iroq boş vaziri Germaniyaning IŞIDga qarşi va mintaqani barqarorlaştiriş uçun olib borayotgan sa'y-harakatlarini yuqori baholaşini bildirgan. U qoçqinlar va içki migratsiya kabi köplab sohalarda Germaniya bilan hamkorlik qilişni istaşlarini ham ta'kidlagan.
Şuningdek, nemis kompaniyalarini «Iroqdagi energiya infratuzilmasi sohasiga sarmoya kiritişga» çaqirgan.











