Toşkent şahrida keksa ayolning uyda ustidan qulflangan holda qarovsiz qoldirilişi voqeasi jamoatçilikda turli bahs va fikrlarni keltirib çiqardi. Kun.uz uşbu holatda manzilga borib, uy eşigini oçgan Ismoil Bahodirovning faoliyati bilan qiziqdi. Qulflanib qolgan eşiklarni oçiş xizmati bilan şuğullanadigan yigitning aytişiça, kunlik çaqiruvlarning kamida 5 tasi bolalar bilan boğliq.

Toşkentlik Ismoil Bahodirov va ön nafarga yaqin jamoadoşi şahar böylab kuniga 30–40 tagaça çaqiruvga borib, qulflanib qolgan maşina yoki uy eşiklarini oçib beradi. Holatlarning ayrimlari qamalib qolgan bolalar yoki yolğiz qariyalar bilan boğliq. Kun.uz muxbiri yaqinda Mirzo Uluğbek tumanida uyda ustidan qulflangan holda qarovsiz qoldirilgan keksa ayolni qutqargan Ismoil Bahodirov bilan suhbatlaşdi.

“Özimning maşinam ham qulflanib qolgan”

Ismoil tibbiyot kollejini tamomlagan. Biroq maşinasi qulflanib qolişi bilan boğliq özi boşidan keçirgan qiyin vaziyat taqdirini butunlay özgartirib yuborganini ta’kidladi:

“Özimning ham maşinam qulflanib qolgan paytda çöntagimda bir tiyin pulim yöq edi. Ustaga beradigan mablağim bölmagani uçun nima qilişni bilmay turganimda begona bir inson kelib, heç qanday haq olmasdan oçib bergan. Öşanda içimdan ötgan minnatdorlikni ta’riflab berolmayman. Xudo xohlasa, odamlarga juda katta yordam beradigan bu işni örganaman, deganman va boşlaganman”, deydi u.

“Şubhali holatda boş tortaman”

Hozirda Ismoil öz yaqinlaridan iborat 10 kişilik jamoa bilan faoliyat yuritmoqda. Ular çaqiruvga tez yetib borişlari uçun har kuni ertalab Toşkent şahrining turli tumanlariga borib ötirişadi.

Ismoil Bahodirov notaniş şaxslar maşina oçişni sörab murojaat qilganida uning haqiqatan öz egasiga tegişli ekani yoki öğirlik emasligini qanday tekşiriş haqidagi savolga bu borada juda ehtiyotkor ekanini ma’lum qildi.

«Bu borada juda ehtiyotkormiz. Masalan, keça bir çaqiruvga bordim, çaqirgan inson mast ekan, darrov sezdim. Yöq, aka, bugun oçmayman, ertaga haydab çiqib ketsangiz oğir oqibatga olib kelişi mumkin, deb oçib bermadim. Şubhali holatlarda xizmat körsatişdan qat’iy boş tortamiz. Qolaversa, videolarni montaj qilganda ham yomon niyatdagilar örganib olmasligi uçun barça sirli va xavfli usullarni kadrdan taşqarida qoldiraman”, deya tuşuntirdi u.