AQŞning prezident debatlari böyiça komissiyasi AQŞ prezidenti saylovlariga nomzodlar – amaldagi prezident Donald Tramp va demokratlardan nomzod Jo Bayden örtasida özaro haqoratlaşlar bilan ötgan birinçi teledebatlardan keyin navbatdagi debatlar uçun yangi qoidalar örnatdi. Endilikda nomzodlarga debatlar vaqtida bir-birlarining gapini bölişga yöl berilmaydi.

Komissiyaning ma'lum qilişiça, debatlar 15 daqiqalik segmentlarga bölib çiqiladi. Har bir segment boşida nomzodlardan biriga nutq sözlaş uçun 2 daqiqadan vaqt beriladi. Bunda bir nomzod gapirayotganda ikkinçi nomzodning mikrofoni öçirib qöyiladi. Söngra mikrofon aytilganlarni muhokama qiliş uçun yoqiladi.

Avvalgidek, debatlar boşlovçisi nomzodlarga bir xil vaqt taqdim qiladi. Nomzodlardan birining ikkinçisidan “öğirlagan” vaqti ikkinçi nomzodga qaytarib beriladi. 

29 sentyabrda Tramp va Bayden örtasida ötgan birinçi debatlar özaro tanqidlar va haqoratlaşlar ostida ötgandi. Nomzodlar debatlar vaqtida tez-tez bir-birining gapini bölgan va bir-birini haqoratlagan. 

CNN telekanali uşbu debatlarni “yoritişiga töğri kelgan eng yomon debatlar” deb atagan. “Bu umuman rasvo debatlar böldi. Ular saylovçilar uçun nomzodlar 4 yillik prezidentligi vaqtida nimalar qilişlari borasida heç narsani ayon qilmadi”, deb ta'kidlab ötilgan telekanalda. 

Avvalroq Trampning saylovoldi kampaniyasi debatlarning 2-raundida Trampni raqibi Jo Baydenning gapini bölmaslikka çaqirgani ma'lum qilingandi. Trampga yaqin manbalardan birining ta'kidlaşiça, AQŞ prezidenti debatlar vaqtida öz raqibi bilan osoyişta ohangda gaplaşişga, uning gapini bölmaslikka va köproq hazillaşişga urinib köradi. Axios portali ötkazgan hisob-kitoblarga köra, Tramp 29 sentyabrda ötgan debatlarda 71 marta öz raqibining gapini bölgan.

AQŞ prezidenti saylovlari 3 noyabrda bölib ötadi.