The New York Times gazetasi AQŞ prezidenti Donald Trampning Buyuk Britaniya, Irlandiya va Xitoyda hisobraqamlari borligini aniqladi.

Hujjatlarga köra, Xitoydagi hisobraqamni Trump International Hotel Management LLC kompaniyasi nazorat qiladi. Kompaniya 2013 yildan 2015 yilgaça 188 ming dollar soliq tölagan.

Taşkilot yuristi Alan Gartenning izoh berişiça, kompaniya Xitoy bankidagi hisobraqamini biznes yuritiş qulay bölişi uçun oçgan. Tramp prezidentlik kampaniyasiga qadar bu mamlakatda mehmonxonalar oçişni möljallagan, ammo keyinçalik loyiha muzlatilgan. 

 "2015 yildan buyon birorta ham kelişuv tuzilmagan, pul ötkazmalari amalga oşirilmagan, ofis işlamayapti. Bank hisobraqami yopilmagan bölsa-da, undan foydalanilmayapti", — deb qöşimça qilgan yurist.

 Şu bilan birga, Xitoydagi bir neçta korxona Tramp taşkilotiga tegişli. Birgina THC China Development korxonasi 2017 yilda 17 million dollardan ortiq daromad keltirgan.

Tramp avvalroq AQŞ prezidenti saylovidagi raqobatçisi Jozef Baydenni Xitoyga yon bosişda ayblagandi.