Quruq havodagi quyoş nurlaridan foydalanib çölda ham suv hosil qiladigan moslama yaratildi. Bu orqali elektr çeklangan uzoq hududlarda ekologik toza suv manbasini yaratiş mumkin böladi.
Uşbu moslama quruq havoda oz miqdordagi suvni ham sörib oliş imkoniyatiga ega. Qurilmaning öziga xosligi şundaki, u havoda 20 foiz namlik bölganda ham suvni yiğa oladi. Masalan, şudring, tumandan suv yiğuvçi oddiy moslamalar havodagi namlik 50 foiz bölgandagina işlaydi.
Tumanli hududlar kamligi, tumandan suv yiğiş köp energiya talab qilgani uçun bu texnologiya noqulaylik paydo qiladi. Atmosferadan suv yiğib oliş moslamasi ayniqsa markazlaştirilgan suv işlab çiqariş infratuzilmasi bölmagan hududlarga mos keladi.
«Suv tanqis bölgan joylarda suv bilan ta'minlaydigan turli xil texnologiyalarni sinovdan ötkaziş juda muhim. Iqlim özgarişi suv yetişmovçiligini keltirib çiqarayotgan paytda bunday texnologiyalar juda kerak», deydi Massaçusets Texnologiya instituti xodimi Alina LaPotin.
Moslama tunda havodan suv buğlarini töplaydi. Kun davomida quyoş çangini yutuvçi maxsus panelda töplangan issiqlik suvni materialdan çiqarib yuboradi. Yangi texnika foydalaniş uçun xavfsiz deb topildi. Uning oğirligi atigi 7 kg bölib, 1 kvadrat metrli quyoş yutgiçi har kuni 0,77 litr suv işlab çiqara oladi. Hozirda qurilma orqali köproq suv yiğiş yöllari örganilmoqda.

















