“Atomflot” va kemani qurgan “"Baltiyskiy zavod” kompaniyasi rahbarlari Mustafa Kaşka va Aleksey Kadilov Murmansk portida kemani topşiriş-qabul qiliş dalolatnomasini imzolaşgan. Kemani foydalanişga topşiriş marosimida Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin iştirok etgan.

“Arktika” 22220 loyihasidagi muzyorar kemalar toifasiga kiradi. Bu kemalar dunyodagi eng kuçlilari hisoblanadi. Ular 3 metrgaça qalinlikdagi muzlarni yorib, kemalarga yöl oçadi. 

“Arktika”ni qurişga şartnoma 2012 yilda imzolanib, unga 37 mlrd rubl ajratilgan. Kemaning uzunligi 173,3 metrni, eni 34 metrni, suv siğimdorligi 33,5 ming tonnani taşkil qiladi. Hammasi bölib şunday kemadan 5 ta quriş rejalaştirilgan.

Kema sinovlar vaqtida 3 hafta davomida 4,8 ming dengiz milini bosib ötib, Şimoliy qutbgaça yetib borgan.