Özbekiston Markaziy bankida navbatdagi Boşqaruv yiğilişi yakunlariga bağişlangan matbuot anjumani taşkil etildi. Unda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov iştirok etib, asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz qolgani haqida ma'lum qildi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, uşbu qaror real foiz stavkalar ijobiyligini saqlab qoliş, yuzaga kelgan vaqtinçalik inflyatsion xatarlar fonida iqtisodiy faollikni yanada rağbatlantiriş uçun qulay şaroitlar yaratilişi va örta muddatli davrda inflatsiya dinamikasi yanada sekinlaşişi örtasidagi muvozanatni ta'minlaşga qaratilgan.

«Markaziy bank inflatsiyaning yil yakuni böyiça prognozini yillik 11-12,5 foiz darajasida saqlab qoldi va Hukumat bilan birgalikda unga erişiş uçun barça zaruriy çoralarni köradi.

Asosiy stavka böyiça kelgusidagi qarorlar inflatsiyaning joriy va prognoz dinamikasining şakllanişi, şuningdek içki va taşqi xatarlarni baholaş asosida qabul qilinadi», deyiladi Markaziy bank press-relizida.