Bugun, 22 oktabr kuni Andijon viloyati Xonobod şahrida xalq deputatlari şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi.

Sessiyada viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirok etdi. Uşbu sessiyada taşkiliy masala körildi va şaharga yangi rahbar tayinlandi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, Maş'al Xurmamatoviç Tojiboyev Xonobodning yangi hokimi etib tayinlangan.

Maş'al Tojiboyev 1984 yilda Andijon şahrida tuğilgan, 2007 yilda Toşkent arxitektura quriliş institutini tamomlagan (sirtqi).
U 2003-2004 yillarda Andijon pudrat savdolarini taşkil etiş va ötkaziş Andijon viloyat boşqarmasi mutaxassisi, 2004-2010 yillarda Qurilişda tanlov savdolari va narxlarni şakllantiriş hududiy konsalting markazi yetakçi mutaxassisi, bölim boşliği, boş mutaxassisi, tanlov savdolarini taşkil etiş bölimi boşliği, markaz yetakçi mutaxassisi, 2010 yilda «Qişloq quriliş invest» ixtisoslaştirilgan şö'ba injiniring kompaniyasi Andijon filiali uy-joy marketing şö'basi boş mutaxassisi bölgan.
2010 yilda Andijon viloyati hokimligida iş boşlagan va 2016 yilga qadar viloyat hokimligi kapital quriliş, kommunikatsiyalar va obodonlaştiriş masalalari böyiça kotibiyati yetakçi mutaxassisi, kotibiyat mudiri vazifasini vaqtinça bajaruvçi, mudir, 2016 yilda hokimlikda sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça kotibiyat mudiri bölgan. 2016-2017 yillarda Andijon şahar hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari (2016 yil 8 maydan 2016 yil 17 dekabrgaça Andijon şahar hokimi vazifasini bajaruvçisi) sifatida işlagan.
2017 yildan hozirgi vaqtgaça Andijon viloyati uy-joy kommunal xizmat körsatiş boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat körsatib kelayotgandi.
- Eslatib ötamiz, Xonobod şahrining avvalgi hokimi Musaxon Mamadaliyev şu yilning sentabr oyi oxirida pnevmoniyaga çaliniş oqibatida vafot etgandi.








