
Bugun, 22 oktabr kuni, xalq deputatlari Oltinköl tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Unda Andijon viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirok etdi va ma'ruza qildi.
Sessiyada taşkiliy masala körib çiqilib, tumanga yangi hokim tayinlandi.

Iqbolbek Matröziyev Oltinköl tumani hokimi lavozimini egalladi.
Iqbolbek Matröziyev 1984 yilda Jalaquduq tumanida tuğilgan, Andijon davlat universitetini tamomlagan, ma'lumoti böyiça mutaxassisligi - kasb ta'limi (iqtisodiyot).
U 2009-2014 yillarda Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimligi moliya bölimi mudiri örinbosari - budjet bölimi boşliği, 2014-2017 yillarda Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimligi moliya bölimi mudiri, 2017-2018 yillarda Andijon viloyati hokimligi moliya boşqarmasi boşliğining örinbosari, 2018 yildan Andijon viloyati Bandlik boş boşqarmasi boşliği bölgan.

Oltinköl tumanining avvalgi hokimi Nazirjon Örinboyev oktabr oyi boşida hayotdan köz yumgandi.
Kun.uz manbasi xabar berişiça, sobiq hokim qandli diabet va gipertoniya kasalliklaridan vafot etgan.
















