Naşrning xabar berişiça, Boeing bir neçta buyurtmaçilar, jumladan lizing kompaniyalari bilan uçraşuvlar ötkazib, ularning 200-250 öringa möljallangan tor fyuzelyajli yangi samolyot borasidagi fikrlarini bilişga harakat qilgan. Bunday layner Boeinğning modellar qatorida 737 Max va 787 Dreamliner modellari örtasidan joy olişi mumkin.
Ta'kidlanişiça, muzokaralar dastlabki bosqiçda bölib, yangi samolyot yaratilişiga olib kelmasligi ham mumkin.
Yangi samolyotni işlab çiqiş va uni foydalanişga qöyiş ança uzoq jarayon hisoblanadi. Misol uçun, kompaniya Dreamliner loyihasi boşlanişini 2003 yilda e'lon qilgan va 2007 yildagina uning ilk prototipini taqdim etgan. Samolyotning birinçi sinov parvozi 2009 yilda amalga oşirilgan, 2011 yildan esa undan foydalaniş boşlangan.
Boeinğning yangi 737 Max modeli bilan 6 oy oraliq bilan ikkita halokat yuz berişi kompaniya obrösiga ança zarar yetkazdi va uşbu model işlab çiqarilişi töxtaşiga olib keldi.












