Eng köp zarar körgan beş mamlakat ketma-ketligi özgarişsiz qolmoqda: AQŞ, Hindiston, Braziliya, Rossiya va Ispaniya. Şuningdek Argentinada ham kasallaniş holatlari soni milliondan oşib ketgan, Kolumbiya va Fransiya uşbu çegaraga yaqinlaşmoqda. Pandemiya boşlangan Xitoy uşbu körsatkiç böyiça dunyoda 54-öringaça «pastlagan».

Bahorgi tölqinni nisbatan oson ötkazgan, ammo hozirga kelib 100 ming aholiga töğri keladigan holatlar va ölim körsatkiçlari böyiça Yevropada birinçi örinni egallagan Çexiyada yana karantin joriy qilindi: u yerda faqat işlaş va zarur xaridlar uçun taşqariga çiqişga ruxsat beriladi. 

Germaniya şimoli-ğarbidagi Delmenhorst şahrida Covid-19’dan zararlaniş holatlari avj oldi

Karantin çoralari Irlandiya va Italiyaning Latsio, Lombardiya va Kampanya mintaqalarida kuçaytirildi.

Belgiyaning ötgan şanba kuni koronavirus taşxisi qöyilgan 45 yoşli taşqi işlar vaziri Sofi Vilmes reanimatsiyaga ötkazildi.

Germaniyadagi vaziyat yomonlaşmoqda

Frankfurt: Germaniya armiyasi tibbiy xodimlarga yordam uçun jalb etildi

Çorşanba kuni Germaniya böylab Covid-19’ning 11 287ta yangi holati aniqlandi, bu pandemiya boşlangandan beri eng yuqori körsatkiç.

Bemorlar orasida soğliqni saqlaş vaziri Yyens Şpan ham bor. U hozirça uyda davolanyapti. 

16 oktyabrda örnatilgan avvalgi antirekord hozirgisidan bir yarim baravar past bölgan - 7830 kişi. 

Robert Kox instituti rahbari Lotar Viler vaziyatni öta jiddiy deb atadi va vatandoşlarini ehtiyot çoralariga qat'iy rioya qilişga çaqirdi. 

Viler kasallikning keskin ortib ketişida bir-birlarinikiga taşrif buyurişni davom ettirayotgan va yopiq binolarda bazmlar uyuştirayotgan yoşlarni aybladi. 

Berlinning eng gavjum köçalarida niqobda böliş majburiydir. 

Toğ çanği mavsumi yaqinlaşar ekan, payşanba kuni rasmiylar fuqarolarni Avstriya, Italiya va Şveytsariyadagi kurortlarga bormaslikka çaqirdi. Çet elda bölib qaytganlar 10 kunlik majburiy karantinda ötirişi talab etiladi.