Rossiya prezidentining buyruği bilan federal xavfsizlik xizmati (FXX) direktorining birinçi örinbosari, armiya generali Sergey Smirnov lavozimidan ozod qilindi va harbiy xizmatdan böşatildi. Bu haqda öz manbalariga tayanib RBK xabar berdi.
Manbalarning sözlariga köra, Smirnovning işdan böşatilişiga uning 70 yoşga tölişi sabab bölgan – bu yoş davlat xizmati uçun çegara hisoblanadi.
2019 yil 30 aprelda Sergey Smirnov 2018 yilda maxsus xizmat rahbariyatidagilar orasida eng köp pul topib, FXXning eng boy generali bölgani aytilgandi.
Daromad deklaratsiyasidagi ma'lumotlarga köra, 2018 yilda uning daromadi qariyb 84,7 million rublni taşkil etgan. Bu summaga uning yer uçastkasi sotuvidan tuşgan pul ham kiritilgan.
FXX direktori Aleksandr Bortnikov esa öşa davrda 11,3 million rubl daromad qilgan. Uning ixtiyorida maydoni 99 kvadrat metrli xonadon ham bor. Bortnikovning xotini maydoni 1,2 ming kvadrat metrli yer uçastkasi, xonadon va uyga ega. Uning daromadi uç million rubldan ortiqroq bölgan.
Sergey Smirnov 2003 yilda FXX direktorining birinçi örinbosari etib tayinlangandi.












