Özbekiston tarixida göşt narxini ma'muriy buyruqbozlik asosida tuşirişga uriniş avval ham bir neça marta kuzatilgan va bu harakatlar xuddi öşança marta mutlaqo teskari natija bergan. Ma'lum muddat narx yozilgan qoğozlarda jozibador raqamlar körinib turadi. Nazoratçilar, kameralar oldida çiroyli gaplar aytiladi, xaridorlar mamnunligini bildirişadi, islohotning bir onda samara berişidan hamma hayratlanadi, göyo.

Lekin amalda vaziyat butunlay boşqaça bölişi kundek ayon. Qassob belgilangan narxga amal qiliş uçun göştga yöğon suyak qöşib berişga, xaridor esa sifatsiz mahsulot bilan qanoatlanişga majbur böladi. Ya'ni bozorning oddiy qonuniyatlariga putur yetadi, tanlov imkoniyati yöqoladi, ma'lum muddat rastalardagi narxlar bilan «közni quvontiriş»ga va e'tirozlarni çalğitişga erişiladi. Lekin nega uzum, mix yoki ballon bozor tamoyillari asosida, talab va taklifga köra sotiladiyu, göşt ma'lum çeklovlarga tuşaverişi kerak? Agar bu strategik mahsulot bölsa va xalq ehtiyojini qoplaş davlat uçun ustuvor vazifa hisoblansa, nega bundan faqat hamma tadbirkorlar kabi teng huquqli bölgan qassoblar zarar körişi kerak?!

Özi «narx tuşiriş» degan kampaniya nişoniga birinçi navbatda qassoblar duç kelişi ham qiziq. Buning öziga xos bir neça sababi bor:

1. Qassoblar yuz foiz erkaklar. Erkaklarga bosim ötkaziş nisbatan oson;

2. Göşt mahsulotlarini saqlab bölmaydi, tezroq pullab oliş kerak. Köpçilik qassoblarda söyib sotiş uçun xarid qilgan qoramollarini saqlaş imkoniyati ham yöq;

3. Yaxşi qassob doimiy mijozlariga ega böladi va ularni yöqotişni istamaydi. Şu bois, ma'lum muddat amal qiladigan bunday «aksiyalar»ga sabr bilan qaraşga majbur.

Aslida har qanday mahsulot singari göşt narxini ham bozor belgilaşi şartligi barçaga ayon. Bu narx şakllanişi uçun turli bosqiçlardan iborat uzun zanjirning har bir böğiniga oid islohotlar ötkaziş zarurati borligi, rastaning ustidagi narxni qayta yoziş bilan iş bitmasligini ham bilamiz. Ammo negadir aynan şu usulni qöllaşdan qaytmaymiz.

Xöş, bu islohot nimaga olib keladi yoki olib kelib böldi?

1. Dastlabki bosqiçda – uzluksiz nazorat natijasida ma'lum muddat (nari borsa bir neça kun) bu narx saqlanib qoladi. Lekin göştga yirik suyaklar qöşib sotiladi;

2. Bozorlarda qassoblar soni kamaya boşlaydi, rastalardagi göşt sifati keskin pasayadi;