“Formula-1” poygasining Portugaliyada ötgan bosqiçida Mercedes a'zosi Lyuis Hemilton ğalaba qozondi. U bu ğalabasi evaziga afsonaviy nemis poygaçisi Mixael Şumaxerning rekordini yangilaşga muvaffaq böldi.

Finişga ikkinçi bölib Mercedes’ning yana bir a'zosi Valtteri Bottas, uçinçi bölib Red Bull vakili Maks Ferstappen yetib kelgan.

Bu ğalaba Hemilton uçun faoliyatidagi 92-ğalaba böldi. Bu “Formula-1” uçun yangi rekord hisoblanadi. Avvalgi rekord natija Şumaxerga tegişli bölgan va uning hisobida 91 ta ğalaba bor.

35 yoşli Hemilton ilk ğalabasini 2007 yilda Kanada gran-prisida qölga kiritgan. 51 yoşli “Şumi” esa birinçi ğalabasiga 1992 yilda Belgiya bosqiçida, oxirgisiga esa 2006 yilda Xitoy bosqiçida erişgan.

Ayni vaqtda Hemilton poygada peşqadamlikni saqlab qolmoqda va 7-çempionlik unvoni uçun olğa qadam bosmoqda. Agar u mavsumda ğalaba qozonsa, çempionlik unvoni soni böyiça nemis poygaçisi bilan tenglaşib oladi.

Poyganing keyingi bosqiçi – Emiliya-Romanya gran-prisi Italiyada 30 oktabr–1 noyabr kunlari bölib ötadi.