JSST ma'lumotlariga köra, sönggi kunlarda eng köp kasallaniş holatlari Yevropa mamlakatlarida kuzatilmoqda. Şu bilan birga, AQŞ, Hindiston va Braziliya kasallaniş holatlari va ölim holatlari soni böyiça yetakçilikni davom ettirmoqda.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotiga köra, dunyoda koronavirusdan zararlaniş holatlari soni 43,1 milliondan oşgan, 1,1 milliondan ortiq kişi vafot etgan.

Yangi çeklovlar va yangi namoyişlar
Italiya va Ispaniyada odamlar koronavirus kasalligi tufayli joriy etilgan yangi çeklovlarga qarşi norozilik namoyişlariga çiqişmoqda.

Italiyada bugundan barlar va restoranlar faqat soat 18:00gaça işlaşi mumkin. Sportzallar, basseynlar, teatrlar va kinoteatrlar 24 noyabrga qadar yopiq turadi, hukumat bu muddatni uzaytirişi ham mumkin. Uşbu mamlakatda kunlik kasallaniş holatlari 20 mingdan oşgan, hukumat italyanlardan yangi çeklov çoralarini töğri tuşunişni söramoqda.

Ammo Neapolda kiçik va örta biznes vakillari hukumatdan kompensatsiya talab qilib norozilik aksiyalariga çiqişdi. Duşanba kuni Milan va Turinda ham şunday namoyişlar bölib ötişi kutilmoqda.

Yakşanba kuni keçqurun Ispaniyada umummiliy komendantlik soati kuçga kirdi - keçki soat 23:00dan ertalabki soat 6:00gaça köçada bemaqsad yuriş taqiqlanadi. Bu çoralar faqat Kanar orollari uçun taalluqli emas.

Şuningdek, alohida hududlar çegaralarini yopib qöygan. Bir uyda yaşamaydigan odamlar jamoat joyida 6 nafardan ortiq bölib yiğilişi taqiqlanadi. Ötgan haftada Ispaniya pandemiya boşidan buyon kasallanganlar soni böyiça millionlik nuqtani zabt etgandi. Mamlakatda kunlik kasallaniş holatlari soni ham şunga mos ravişda ösib bormoqda.

Barselonada karantin çoralariga qarşi namoyişlar bölib ötmoqda.

Boşqa mamlakatlardagi vaziyat

Epidemiyaning ikkinçi tölqinidan jiddiy aziyat çekayotgan Çexiyada kafe va restoranlar faqat olib ketiş uçun ovqat sotişi mumkin, oziq-ovqat mahsulotlari sotilmaydigan dökonlar yopilgan, maktablar yana onlayn rejimga ötkazilgan. Praga taşqarisida 500 örinli yangi gospital barpo etilgan, rasmiylar bemorlarning yangi oqimini kutmoqda.